OMMAVIY OFERTA
UMUMIY QOIDALAR
1.1. Nomlanishi va huquqiy maqomi:
Mashg‘ulot markazining nomlanishi: "PINNACLE SCHOOL" NTM
Yuridik manzil: STIR: 310220917
H/r: 2020 8000 1056 1409 9001
Bank: "Ipak yo‘li" Buxoro filiali
MFO: 01188
Direktor: Cho‘lliyeva Gulchexra Toshpo‘lot qizi
Telefon: +998-99-744-41-22
Elektron pochta:
Veb-sayt: pinnacleschool.uz
1.2. Ofertaning maqsadi:
Ushbu ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda “Oferta” deb ataladi) "PINNACLE SCHOOL" NTM (Mashg‘ulot markazi)ning tillarini o‘rganish bo‘yicha ta’lim xizmatlarini quyidagi shartlarga muvofiq ko‘rsatish bo‘yicha rasmiy taklifidir.
1.3. Qo‘llaniladigan qonunchilik:
Ushbu Oferta O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tayyorlangan va amal qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qismi 1997-yil 1-martdan kuchga kirgan, 1995-yil 21-dekabrdagi № 163-I-sonli qonun bilan qabul qilingan, o‘zgartishlar va qo‘shimchalar bilan);
2020-yil 23-sentabrdagi № ZRU-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
1996-yil 26-apreldagi № 221-I-sonli “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (o‘zgartishlar va qo‘shimchalar bilan).
2. TERMINLAR VA TA’RIFLAR
2.1. Ushbu Ofertada quyidagi terminlar qo‘llaniladi:
Oferta — mazkur hujjat, ya’ni Mashg‘ulot markazining ommaviy rasmiy taklifi.
Ofertani qabul qilish — Ofertada keltirilgan shartlarni to‘liq va so‘zsiz qabul qilish harakatlari.
Mashg‘ulot markazi —umumta’lim fanlarini onlayn/oflayn o‘rganish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi "PINNACLE SCHOOL" NTM.
Ta’lim oluvchi/Buyurtmachi — Oferta shartlarini qabul qilgan va Mashg‘ulot markazining xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxs.
Kurs — ma’lum darslar soni va o‘quv materiallarini o‘z ichiga olgan umumta’lim fanlarini o‘qitish dasturi.
Sayt — Mashg‘ulot markazining veb-sayti: pinnacleschool.uz manzilida joylashgan.
3. OFERTANING MAVZUSI
3.1. Ushbu Oferta asosida Mashg‘ulot markazi Ta’lim oluvchi/Buyurtmachiga umumta’lim fanlarini o‘rganish bo‘yicha ta’lim xizmatlarini (keyingi o‘rinlarda “Xizmatlar”) taqdim etadi, Ta’lim oluvchi/Buyurtmachi esa ko‘rsatilgan Xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshiradi.
3.2. Xizmatlar masofaviy texnologiyalar orqali onlayn tarzda ko‘rsatiladi, bunda o‘quv materiallari, videodarslar, vebinarlar va boshqa ta’lim resurslariga kirish ta’minlanadi.
4. OFERTANI QABUL QILISH TARTIBI
4.1. Mazkur Ofertaning to‘liq va so‘zsiz qabul qilinishi (qabul qilinishi) quyidagi harakatlar bilan tasdiqlanadi:
Ta’lim oluvchi/Buyurtmachi tomonidan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish;
Mashg‘ulot markazining saytida (pinnacleschool.uz) ro‘yxatdan o‘tish;
Ta’lim oluvchi/Buyurtmachi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni (F.I.O., tug‘ilgan sanasi, telefon raqami) taqdim etish;
Ta’lim oluvchi/Buyurtmachi tomonidan shaxsiy kabinetda Oferta shartlari bilan tanishganligini tasdiqlash.
4.2. Ofertaning qabul qilinishi Mashg‘ulot markazi va Ta’lim oluvchi/Buyurtmachi o‘rtasida shartnoma tuzilishiga olib keladi va u qabul qilingan paytdan kuchga kiradi.
5. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
5.1. Mashg‘ulot markazining huquq va majburiyatlari:
Xizmatlarni Shartnoma talablariga muvofiq tashkil qilish va ta’minlash;
Har oyda 12/24 ta (ta’lim oluvchining tarifiga qarab) mashg‘ulot o‘tkazish, har bir mashg‘ulotning davomiyligi — 80 minut;
Tinglovchini keyingi bosqichga o‘tkazish zaruratini aniqlash uchun kurs yakunida test o‘tkazish;
O‘z vaqtida to‘lov amalga oshirilmasa, mashg‘ulotlarga va shaxsiy kabinetga kirish huquqini cheklash;
O‘qituvchini vaqtinchalik yoki doimiy ravishda almashtirish huquqiga ega;
Tinglovchining so‘rovi bo‘yicha o‘qituvchini o‘zgartirish imkoniyati mavjud (sabab asosli bo‘lsa);
Tinglovchi oraliq imtihonni topshira olmasa, xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish va boshqa guruhga o‘tkazmaslik. To‘langan mablag‘ qaytarilmaydi;
Dars jadvali va formatiga bir tomonlama o‘zgartishlar kiritish va bu haqda sayt orqali xabar berish;
Ta’lim oluvchi/Buyurtmachining taqdim etgan ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlash.
5.2. Ta’lim oluvchi/Buyurtmachi huquq va majburiyatlari:
Oferta shartlari va xizmat narxlari bilan to‘lovgacha tanishish;
Har oyning uchinchi darsidan oldin xizmat uchun to‘lovni amalga oshirish;
Topshiriqlarni bajarish, jadval bo‘yicha darslarda ishtirok etish va o‘qish huquqini uchinchi shaxslarga bermaslik;
Dars jarayonida berilgan materiallarni tarqatmaslik (nusxa ko‘chirish, chop etish, uchinchi shaxslarga berish);
Mashg‘ulot markazi qoidalariga amal qilish;
Faqat rasmiy ko‘rsatilgan to‘lov tizimlari orqali to‘lovni amalga oshirish;
Bo‘lib-bo‘lib to‘lash tizimida to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish.
6. TO‘LOV TARTIBI
6.1. To‘lov usullari:
Bevosita bank o‘tkazmasi: To‘lov Mashg‘ulot markazining rasmiy rekvizitlari orqali bevosita bank o‘tkazmasi yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Rekvizitlar: Mashg‘ulot markazining nomlanishi: "PINNACLE SCHOOL" NTM
Yuridik manzil: STIR: 310220917
H/r: 2020 8000 1056 1409 9001
Bank: "Ipak yo‘li" Buxoro filiali
MFO: 01188
To‘lov tizimlari orqali to‘lov: To‘lovlar Mashg‘ulot markazining saytida mavjud bo‘lgan to‘lov tizimlari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Qo‘llab-quvvatlanadigan to‘lov usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shaxsiy kabinet yoki saytda taqdim etiladi.
6.2. Bo‘lib-bo‘lib to‘lov shartlari:
Oylik to‘lovni ikkiga bo‘lib to‘lov: Foizsiz taqdim etiladi. Kurs boshlanganining 3-darsi va darslarning shu oy oxiridagi 2-darsidan oldin to‘lov amalga oshirilishi shart.
6.3. Bo‘lib to‘lov majburiyatlari:
Ta’lim oluvchi/Buyurtmachi har bir bo‘lib to‘lov muddatiga o‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirish uchun javobgar;
To‘lov kechiktirilganda, Mashg‘ulot markazi mashg‘ulotlarga kirishni cheklash huquqiga ega;
Qarzdorlik mavjud bo‘lsa, bo‘lib to‘lov shartlarini taqdim etish rad etilishi mumkin.
7. PULNI QAYTARISH SHARTLARI
7.1. Umumiy qoidalar
Pul mablag‘larini qaytarish faqat ushbu shartlarda nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi. Kursni sotib olgan holda, O‘quvchi/Buyurtmachi ushbu bo‘limda to‘g‘ridan to‘g‘ri belgilangan holatlardagina pul mablag‘lari qaytarilishi mumkinligini tasdiqlaydi.
7.2. Pul mablag‘lari qaytarilmaydigan holatlar
Quyidagi hollarda pul mablag‘lari qaytarilmaydi:
• O‘quvchi/Buyurtmachi kursni sotib olgan, biroq undan foydalanmagan (tizimga kirmagan va birorta ham darsga qatnashmagan). Ushbu holatda xizmat ko‘rsatilgan deb hisoblanadi, chunki O‘quvchiga platformaga kirish huquqi va ta’lim olish imkoniyati taqdim etilgan.
• O‘quvchi/Buyurtmachi o‘qishni boshlagan, biroq shaxsiy sabablarga ko‘ra (rejalarining o‘zgarishi, vaqt yetishmovchiligi, an’anaviy ta’limni afzal ko‘rishi va h.k.) o‘qishni davom ettirmaslikka qaror qilgan. Xizmat to‘liq hajmda taqdim etilganligi sababli pul mablag‘lari qaytarilmaydi.
• O‘quvchi/Buyurtmachi kamida bitta darsda qatnashgan va shu bilan birga, 7.3-bandda ko‘rsatilgan texnik yoki tashkiliy muammolar yuzaga kelmagan.
7.3. Uzoq muddatga to‘lov qilingan taqdirda qisman pul qaytarish tartibi
To‘liq kurs 5 oy davom etadi.
• Agar O‘quvchi/Buyurtmachi 5 oydan ortiq muddatga (6, 7, 8 oy yoki undan ko‘p) to‘lov qilgan bo‘lsa va mablag‘ni qaytarishni so‘rasa, qaytariladigan summa to‘liq 5 oylik kurs narxini chiqarib tashlagan holda amalga oshiriladi. Chunki 5 oy ichida O‘quvchi to‘liq ta’lim natijasiga erishadi va kursning barcha darajasini yakunlaydi.
• 2 va 3 oylik ta’lim uchun mablag‘ qaytarilayotgan taqdirda, to‘lov summasining 20% miqdorida kompensatsiya to‘lovi ushlab qolinadi. Bu mablag‘ kompaniyaning O‘quvchini jalb qilish, o‘quv jarayonini tashkil etish, guruh tanlash, daraja bo‘yicha taqsimlash va tizimga kirish imkoniyatini ta’minlash uchun qilgan xarajatlarini qoplashga yo‘naltiriladi.
7.4. Pul mablag‘lari qaytarilishi mumkin bo‘lgan holatlar
Pul mablag‘larini qaytarish faqat onlayn/oflayn maktabning aybi bilan xizmat ko‘rsatilmagan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda amalga oshiriladi. Bunday holatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, O‘quvchi/Buyurtmachi 2 (ikki) ish kuni (48 soat) ichida guruhga taqsimlanmagan bo‘lsa.
• O‘quvchi/Buyurtmachi guruhga taqsimlanganidan so‘ng, assistent unga dars bo‘ladigan kanal uchun login va parol taqdim etmagan bo‘lsa.
• Birinchi o‘quv oyida assistent O‘quvchi bilan hech qanday aloqa qilmagan bo‘lsa.
Biroq agar assistent O‘quvchi/Buyurtmachi bilan bog‘lanishga uringan bo‘lsa, lekin mijoz tarmoqdan tashqarida bo‘lgan, qo‘ng‘iroqqa javob bermagan yoki messenjerlarga yozilgan xabarlarga javob bermagan bo‘lsa, ushbu aloqa urinishlari amalga oshirilgan deb hisoblanadi. Bunday hollarda aloqa yo‘qligi bo‘yicha da’volar qabul qilinmaydi.
• O‘quvchi/Buyurtmachi kursni menejer tomonidan noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumot asosida sotib olgan bo‘lsa (masalan, o‘qituvchi ayol bo‘lishi va’da qilingan, lekin erkak o‘qituvchi dars bergan; mashg‘ulotlar soat 10:00 da o‘tkazilishi va’da qilingan, lekin darslar soat 22:00 ga belgilangan bo‘lsa).
• O‘qituvchi o‘quv mashg‘ulotlarini belgilangan vaqtda boshlamagan bo‘lsa (Telegram, Google Meet, Zoom, Telegram Chat orqali).
• O‘quvchi/Buyurtmachi o‘z darajasiga mos kelmagan guruhga noto‘g‘ri taqsimlangan bo‘lsa (assistentning xatosi sababli).
Ushbu shartlar bo‘yicha onlayn/oflayn maktab aybdor bo‘lmagan hollarda, pul mablag‘lari qaytarilmaydi.
7.5. Pul mablag‘larini qaytarish muddati
Onlayn/oflayn maktabning aybi tasdiqlangan taqdirda, pul mablag‘lari tegishli qaror qabul qilingan paytdan boshlab 10 (o‘n) ish kuni ichida qaytariladi.
8. Xizmat ko‘rsatish tartibi
8.1. Onlayn/oflayn formatda xizmatlar ko‘rsatiladi. Ta’lim oluvchi/Buyurtmachi o‘quv materiallari va vebinarlarga kirish huquqini oladi.
8.2. Har bir daraja yakunida test o‘tkaziladi va muvaffaqiyatli topshirilgan holda keyingi bosqichga o‘tish ta’minlanadi.
8.3. O‘quv markazi Ta’lim oluvchi/Buyurtmachi natijalarini monitoring qiladi va zarur bo‘lsa, hisobot taqdim etadi.
9. Tomonlarning javobgarligi
9.1. Mashg‘ulot markazi texnik muammolar uchun javobgar emas.
9.2. Ta’lim oluvchi/Buyurtmachi o‘z ma’lumotlarini rost va aniq taqdim etishi shart.
10. Fors-major shartlari
10.1. Tomonlar fors-major holatlarda javobgarlikdan ozod etiladi.
10.2. Fors-major holatlar haqida xabar berish majburiyati: Har qanday fors-major holat yuzaga kelganda, taraflar 10 kun ichida yozma ravishda xabar berishi lozim.
11. Oferta shartlarini o‘zgartirish
11.1. Mashg‘ulot markazi bir tomonlama shartlarni o‘zgartirish huquqiga ega.
11.2. Shartlardagi o‘zgarishlar haqida xabar berish tartibi: Barcha o‘zgarishlar va yangi tahrirlar sayt orqali joylashtiriladi. Tinglovchi yangi shartlarni qabul qilmagan holatda, xizmatlardan foydalanish to‘xtatilishi mumkin.
12. Yakuniy qoidalar
12.1. Ushbu Oferta yangi tahrirlar kiritilmaguncha amal qiladi.
12.2. Barcha kelishmovchiliklar muzokaralar orqali hal etiladi.
12.3. Kelishuvga erishilmagan hollarda, taraflar nizolarni sudga oshirish huquqiga ega.
13. Qo‘shimchalar
13.1. Qo‘shimcha №2: Dars o‘tish qoidalari.
Qo‘shimchalarda xizmatlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi.
Qo‘shimcha №1: Dars o‘tish qoidalari
Darajani aniqlash: Ta’lim oluvchi/Buyurtmachi umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash uchun Mashg‘ulot markazi tomonidan ishlab chiqilgan testdan o‘tish majburiyatiga ega. Test natijalari asosida Ta’lim oluvchi/Buyurtmachi tegishli guruhga joylashtiriladi.
Keyingi darajaga o‘tish: Kurs yakunlanganidan so‘ng yakuniy imtihon o‘tkaziladi. Keyingi darajaga o‘tish uchun Ta’lim oluvchi/Buyurtmachi kamida 65 ball to‘plashi lozim. Kerakli ball yig‘ilmagan hollarda, Ta’lim oluvchi/Buyurtmachi o‘z hisobidan qo‘shimcha darslar o‘tib, qaytadan imtihon topshirishi mumkin.
Guruh yoki o‘qituvchini o‘zgartirish: Ta’lim oluvchi/Buyurtmachi guruh yoki o‘qituvchini faqat birinchi darsgacha o‘zgartirishni so‘rashi mumkin. Ikkinchi darsdan keyin o‘zgartirish faqat Mashg‘ulot markazi ma’muriyati bilan kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Darslarni qo‘yib yuborish: Ta’lim oluvchi/Buyurtmachi aybi bilan dars qo‘yib yuborilgan hollarda, ularni qoplash yoki mablag‘ni qaytarish amalga oshirilmaydi.
Mablag‘larni qaytarish: To‘langan mablag‘larni qaytarish yoki muzlatish hech qanday hollatlarda, Ofertaning 7-bo‘limida bevosita ko‘rsatilgan holatlardan tashqari, amalga oshirilmaydi.
Darslarda xulq-atvor qoidalari: Ta’lim oluvchi/Buyurtmachi xulq-atvor qoidalariga amal qilishi, diqqatni chalg‘itmasligi va boshqa qatnashchilarga xalaqit bermasligi lozim.
Materiallardan foydalanish: O‘quv jarayonida taqdim etilgan o‘quv materiallarni uchinchi shaxslarga tarqatish, nusxa ko‘chirish yoki chop etish taqiqlanadi.
Rekvizitlar:
Mashg‘ulot markazining nomlanishi: "PINNACLE SCHOOL" NTM
Yuridik manzil: STIR: 310220917
H/r: 2020 8000 1056 1409 9001
Bank: "Ipak yo‘li" Buxoro filiali
MFO: 01188
Direktor: Cho‘lliyeva Gulchexra Toshpo‘lot qizi
Telefon: +998-99-744-41-22
Elektron pochta:
Veb-sayt: pinnacleschool.uz